Bir kami - ko'p - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026
Bir kami — ko'p — Melody Mesh, Qurbon she'ri. Yangi qo'shiq: hayotda doim bitta narsa yetishmaydi. Matni pastda 👇 "Etik kiydim — yo'l tugadi." 👢 Hayotda doim bir kami ko'p bo'ladi. Endi og'iz oshga yetganda — ko'zlar yoshlanadi. Omad kulgan kuni — izlar titkilanadi. Non topilsa — tish yo'q. Tish topilsa — qarzlar bor. Etik kiyilsa — yo'l tugaydi. Omad kulsa do'st ko'payadi, omad ketsa — tunlar qoladi. Hamma qo'l silkitib ketdi, faqat dog'lar qoldi. Va oxirida achchiq, lekin xotirjam javob: titkilashdi — nima topdi? Faqat so'zlar. Olsa olaversin. Bitta boylik — shu qo'llar. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Бир ками — кўп — Мелоди Меш (Қурбон шеъри). Ҳаёт ва тақдир ҳақида қўшиқ. Янги ўзбек қўшиқлари 2026. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🎵 TINGLASH: Spotify: https://open.spotify.com/artist/3MMv78EGEixS4wWK6o8u86 Apple Music: https://music.apple.com/gb/artist/melody-mesh/1739847168 YouTube Music: https://music.youtube.com/@Melody_Mesh 📜 SO'ZLAR / LYRICS: Padarla'nat bu hayotning, Bir kami — ko'p, do'stlarim, Ikki pulga qimmat — sinov, Qimmat — kam-u ko'stlarim. Endi og'zing oshga yetsa, Yoshlanadi ko'zlarim, Omad kulgan o'sha kunim — Titkilandi izlarim. Non topilsa — tishim yo'qdir, Tish topilsa — qarzlarim, Etik kiydim — yo'l tugadi, Shunday ekan yo'llarim. Omad kulsa — do'st ko'payar, Omad ketsa — tunlarim, Qo'l silkitib ketdi hamma, Qoldi faqat dog'larim. Titkilashdi — nima topdi? Qurbon degan so'zlarim, Olsa olar — mayli, do'stlar, Bir borim — shu qo'llarim. 📌 IJODKORLAR: Matn va Musiqa: Qurbon (M. Tursunov) Loyiha: Melody Mesh Janr: Lirik / Falsafiy lirika Qurbon (Muxriddin Tursunov) — shoir, yozuvchi, musiqachi. 2013-yildan beri o'zbek, rus, fors, turk va ingliz tillarida she'r va falsafiy asarlar yaratadi. 🤍 Muallifni qo'llab-quvvatlash (Wise): 4596 6104 2350 6409 — ABROR TURSUNOV © 2026 Melody Mesh. Barcha huquqlar himoyalangan. #BirKamiKop #MelodyMesh #UzbekMusic #HayotHaqida
Название:
Bir kami - ko'p - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026
Категория:
Разное