QADR KECHASI O'QILADIGAN DUO | ҚАДР КЕЧАСИ ЎҚИЛАДИГАН ДУО
QADR KECHASI O'QILADIGAN DUO | ҚАДР КЕЧАСИ ЎҚИЛАДИГАН ДУО Qur’on nozil bo‘lgan bu kechada duolar ijobat bo‘ladi, amallarning savobi juda ulug‘ bo‘ladi. Bu kechada qilinadigan duo haqida hadisi shariflarda kelgan. عن عائِشةَ رَضِيَ اللهُ عنها قالت: قلتُ: يا رسولَ اللهِ، أرأيتَ إنْ عَلِمْتُ أيُّ ليلةٍ ليلةُ القَدرِ، ما أقولُ فيها؟ قال: قُولي: اللَّهُمَّ، إنِكَّ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفوَ فاعْفُ عَنِّي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Ey Rasululloh, agar Qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam (ya’ni, qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam), unda nima deb duo qilay?» dedim. U zot: «Allohumma innaka Afuvvun tuhibbul afva fa’fu ’anniy» deb ayt!» dedilar». Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja, Nasoiy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilishgan. Duoning ma’nosi: «Yo Alloh, albatta, Sen Afuvvsan (gunohlarni kechiruvchi, afv qiluvchisan), kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni afv qilgin, kechirgin». Каналимизга обуна бўлинг! Муқаддас Қуръони Каримнинг Сураи Оятларини таржимасини видео тариқасида хавола этамиз! #QuroniKarim #Quran #Suralar #Infitor #Tarjima
Название:
QADR KECHASI O'QILADIGAN DUO | ҚАДР КЕЧАСИ ЎҚИЛАДИГАН ДУО
Категория:
Разное