Urush tegirmoni: 7 yillik qamoq, qop-qop va’dalar, jarohat va asirlik azobi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda qatnashayotgan xorijlik yollanma jangchilar orasida O‘zbekiston fuqarolari soni ortib bormoqda. Ana shunday taqdirlardan biri, asli andijonlik bo‘lgan 25 yoshli Mahmudjon Qodirovning hikoyasidir. Uning hayoti Rossiyada mehnat migratsiyasidan boshlanib, giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushish, qamoqxona va nihoyat urush maydonidagi asirlik bilan davom etdi. Musofirlikdan qamoqqacha Mahmudjon 2016 yilda ishlash maqsadida Rossiyaga kelgan. U Moskva, Ryazan va Samara kabi shaharlarda turli ishlarda, jumladan, makulatura yig‘ish va «McDonald’s» tarmog‘ida mehnat qilgan. Biroq, 2021 yilning 30 aprelida uning hayoti keskin o‘zgarib ketdi: u 3 gramm «spays» (giyohvandlik moddasi) bilan qo‘lga tushib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni dastlab Moskva viloyatidagi Zvenigorod shahrida, so‘ngra Mordoviyadagi koloniyada o‘tagan. Aldov ustiga qurilgan «imkoniyat» Qamoqda to‘rt yil o‘tirganidan so‘ng, Mahmudjonga urushga borish evaziga Rossiya fuqaroligi, pul (1 million rubl atrofida) va yer va’da qilishgan. Eng muhimi, uning aytishicha, unga jangchi (shturmovik) emas, balki oshpaz, mexanik yoki elektrik bo‘lib ishlashini aytishgan. «Men oshpaz bo‘laman deb o‘ylagandim, lekin qo‘limga avtomat berishdi. Nimaga avtomat berayapsan, men oshpazman-ku desam, “sen kontrakt imzolagansan, endi shturmoviksan”, deyishdi», — deb eslaydi u. Urush dahshati va asirlik Mahmudjon va boshqa mahbuslar dastlab Rostov viloyatidagi poligonda tayyorgarlikdan o‘tishgan, so‘ngra Ukraina hududiga yuborilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, guruhdagi 14 kishidan faqat ikkitasi tirik qolgan, qolgan 12 kishi halok bo‘lgan. Janglarning birida Mahmudjon dron hujumi oqibatida qo‘lidan yaralangan. Ortga chekinish vaqtida u adashib Ukraina pozisiyalariga kirib qolgan va taslim bo‘lgan. «Qarasam, bitta pulemyot va ikkita avtomat menga qarab turibdi. Qo‘limni ko‘tardim, meni bog‘lab, olib ketishdi», — deydi u asirga olingan lahzalarni tasvirlar ekan. Oila va kelajakdagi xavotirlar Mahmudjon Andijonda qolgan onasi va 5-sinfda o‘qiydigan ukasini sog‘inganini aytadi. U besh yildan beri oilasini ko‘rmagan. Mahmudjon Rossiya fuqaroligini olishni istaganining sabablaridan biri, O‘zbekistonda yollanma jangchilik uchun jinoiy javobgarlik borligidan qo‘rqqani bo‘lgan. Agar u O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechib, faqat Rossiya fuqarosi bo‘lib qolsa, jazodan qutulib qolishi mumkin, deb o‘ylagan. Hozirda u asirlikda bo‘lib, omon qolgani uchun shukr qiladi va yaqinlariga o‘zining sog‘-salomat ekanini yetkazishni istaydi. Uning qismati yaxshi hayot ilinjida adashgan va urush “tegirmoni”ga tushib qolgan ko‘plab migrantlar uchun achchiq saboqdir. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz

Иконка канала Migrant.uz
1 689 подписчиков
12+
39 просмотров
5 дней назад

, чтобы оставлять комментарии