Тугулган куниз бн дадажон
Baxtni ham boqmoqqa ko'ndiray Kamlarin barchasin to'ldiray Ollohim menga ham boylik ber Otamga mashina mindiray Yo'llarda oyog'i tolmasin Yuklari yerlarda qolmasin Mehmonga piyoda bormasin Otamga mashina mindiray Yo'qdan ham amallab yo'ndiray Ko'zlarin quvonchdan kuldiray Farzandlik burchimni bildiray Otamga mashina mindiray Qarzimni qaytaray ertaroq Yoshlanmay turibon ko'z qaroq Yaqinga aylansin deb yiroq Otamga mashina mindiray Kunimga yaraydi shu inson Qarzlarim ko'p hali bir jahon Qaydandir axtarib bir imkon Otamga mashina mindiray Shaytonga dilimni yor qilmay Nomardga qadrimni xor qilmay O'tayin mashina men minmay Otamga mashina mindiray Men deb umrin hasrat g'amga Baxshida etgan odamga Otamga avval otamga Otamga mashina mindiray Qalbbog'da gullarni undiray Armonin birma bir o'ldiray Qudratning orzusi shu do'stlar Otamga mashina mindiray Xudodan so'rarman yolvorib Sog' bo'lsin baxtimga ilohim. Onam ham yonida quvonib Otamga mashina mindiray Xudoyberdi der faqat Qalbimda oliy maqsad Men deb kechirgin zahmat Otamga mashina mindiray
Название:
Тугулган куниз бн дадажон
Категория:
Разное