Исмалок хакида фойдали маслахат, керакли маслахат

12+
12+

2 часа назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

2 часа назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

2 часа назад

Avvalgi videolarga silka: SHotut va sirkasi haqida: https://www.youtube.com/watch?v=3JsHY... Atirgul foydasi: https://studio.youtube.com/video/40cc... Bodom haqida: https://studio.youtube.com/video/croq... Gilos haqida: https://studio.youtube.com/video/L5Ve... Ismaloq rezavor o'simliklar ichida eng foydalisi, eng vitaminga koni, desak mubolag'a bo'lmaydi. Qadimda momolarimiz qishning oxiri va bahor kelishi bilan ismaloq hamda boshqa ko'katlardan bahor taomlari tayyorlab, o'z oila a'zolarini turli kasalliklardan asrashgan. Hozirga kelib esa ismaloq boshqa ko'katlar qatori issiqxonalarda o'stirilib, aholi dasturxoniga yetkazib beriladi. Ismaloqni qish payti ham sotib olib, mazali somsayu chuchvaralar tayyorlash mumkin. Ba'zi odamlar uni uy sharoitida tuvaklarda ham o'stirishadi. Salomatlikni mustahkamlashda ismaloq muhim o'rin tutadi. U ayniqsa, kamqonlikni davolash va immunitetni oshirish xususiyati bo'yicha ko'katlar orasida rekordchi hisoblanadi. Tarkibida ko'p miqdorda mineral tuzlar, temir birikmalari, vitamin, turli mikroelement, oqsil va yod bor. Ayniqsa, anemiyaga chalinganlar, organizmi zaiflashgan kishilar uchun juda foydali. Mazkur ko'katdagi shavel kislotasi oshqozon ishini tiklab, ishtahani oshiradi. Kletchatka esa ichaklarni mustahkamlaydi. Marganes, rux, kaliy, magniy hamda boshqa bir qator nutrientlar esa tutqanoqqa qarshi ta'sir ko'rsatadi. Buyuk hakim Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida ismaloqning foydali xususiyatlari haqida shunday degan: «Bunda yuvuvchi, tozalovchi quvvat bor. Safroni qattiq haydaydi. Ko'pincha me'da uning qaynatmasini tusamaydi». Shuningdek, alloma bu o'simlikning ichni yumshatish, tanani tozalash, a'zolarni saratondan saqlash bilan bog'liq foydalari haqida ham to'xtalib o'tgan. Ismaloqda tomirlarni mustahkamlash, kamqonlikni davolash, immunitetni kuchaytirish xususiyati bor. Bunda ko'kat tarkibidagi rutin moddasi muhim ahamiyatga ega. U kapillyarlarning qayishqoqligini oshiradi. Gipertoniklarda esa qon bosimini me'yoriga keltiradi. Buning uchun uni salatlarga solib, somsa va chuchvara qilib yeb turish lozim. Bunday oziqlanish oshqozon osti bezi faoliyatiga yordam berib, hujayralarning qarishini sekinlashtiradi. Undan tayyorlangan taom metabolik jarayonlarni tartibga soladi, turli organ va to'qimalardagi kislorod almashinuvini yaxshilaydi. Ismaloq qaynatmasi qabziyat va qorin dam bo'lishida foydali. Ich yaxshi yurishmaganda 10 g ismaloq 200 g suvda qaynatib ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi yo'qoladi. Tabiblar bu ko'katdan gemorroyni davolashda ham foydalanishgan. Buning uchun ismaloq sharbatiga teng miqdorda bodom yog'i qo'shib, 40 ml dan bir kunda 6 marotaba ichish lozim. Ismaloq tarkibidagi bir qator foydali elementlar asab tizimini me'yoriga tushiradi, tushkunlik va nevrozning oldini oladi. Undan tayyorlangan taom uyqusizlikdan xalos bo'lishda yordam beradi. Ismaloq erkaklarning ham, ayollarning ham reproduktik salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ismaloq damlamasida og'iz chayish orqali turli stomatologik xastaliklarni tuzatish mumkin. Milklar yallig'langanda va bodomsimon bez og'riganda esa og'izni ismaloqning yangi siqib olingan sharbati bilan chayqash yaxshi foyda beradi. Ismaloq damlamasi shamollashni yaxshi davolaydi. Shu bois ham uni laringit, angina, faringit, bronxlar va o'pka yallig'lanishiga chalingan bemorlar iste'mol qilishi foydali. KIMLARGA MUMKIN EMAS? Ismaloqni podagrada, buyrak va o'tda yirik toshlar bo'lganda iste'mol qilish mumkin emas. Shuningdek, uning tarkibidagi kislota buyrak, jigar, o'n ikki barmoq ichak va o't qopi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mazkur a'zolarida xastaligi bor bemorlar ham ismaloqni iste'mol qilishda ehtiyot bo'lishi zarur. Ichni bo'shashtirish xususiyati borligi uchun bolalarga ham ko'p berish tavsiya qilinmaydi. Katta bargli ismaloq barglarida shovul kislotasi ko'p bo'ladi. Shuning uchun ovqatlanishda uning yangi chiqqan barra barglarini ishlatgan ma'qul. Ismaloqni uzoq saqlab bo'lmaydi, aks holda muddati o'tib, tarkibida organizm uchun zararli tuzlar ko'payib ketadi. Turli vitamin va nutrientlarga boyligi uchun avitaminoz rivojlanishining oldini oladi. O'zim haqimda: Abdurashid Mahmudov Abduraxim Ug'li 1992 Farg'ona viloyati Qo'qon shaxrida tug'ilganman. Impal Trading firmasida Savdo vakili bo'lib ishlayman! Blogerlikni 1 oydan buyon Chuqur o'rganib kelyabman! Kelajakda niyyatim o'z biznesimni barpo etish va shu orqali insonlarga yordam berish, biznesga ilk qadamimni you tube platformasidn boshladim, agar videolarim sizga foyda berayotgan bo'lsa demak man to'g'ri yo'ldaman, hammaga omad! Abdurashid Mahmud 2021-yil, 9-mart #ismaloq#ismaloqhaqida#ismaloqfoydasi#ismaloqlisomsa#tabobat#tib#tabib#sharqtabobat#salomatlik#dard#davo#shifo#shifokor#ichqotishi#uysharoitida

Название:

Исмалок хакида фойдали маслахат, керакли маслахат

Категория:

Разное