Rossiyadan 19 mingdan ortiq migrant deportatsiya qilinadi
Rossiyadan 19 mingdan ortiq migrant deportatsiya qilinadi "Nelegal-2025" operatsiyasi natijasida chet elliklarni chiqarib yuborish va deportatsiya qilish bo'yicha 19 mingdan ortiq qaror qabul qilingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk o'zining Telegram kanalida ma’lum qilgan. Operatsiya davomida noqonuniy migratsiya bilan bog'liq taxminan 4 800 ta va boshqa jinoyatlar bo'yicha 1 500 ta jinoiy ish qo'zg'atilgan. Ichki ishlar vazirligi xodimlari shuningdek, 128 ming dan ortiq qonun buzilishini aniqlagan. Agentlik vakilining so'zlariga ko'ra, operatsiyalar FSB, Rosfinmonitoring, Ichki ishlar vazirligi va KXSHT mamlakatlari vakolatli organlari tomonidan ikki bosqichda amalga oshirilgan. Operatsiyadan maqsad noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va xalqaro guruhlar va jamoalarning jinoiy faoliyatining oldini olish bo'lgan.